Bugun ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘ladi
Jamiyat
−
08:05 1754 1 daqiqa
O‘zgidromet bugun, 27 mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi