Bugun Qit’alararo kubok finali bo‘lib o‘tadi

Sport

image

Bugun, 17 dekabr kuni Parijning “Pari Sen-Jermen” jamoasi Qatarda Qit’alararo kubok finali doirasida Braziliyaning “Flamengo” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Qit’alararo kubok finalida Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi va Janubiy Amerika Chempionlar ligasi (Libertadores) chempioni o‘zaro bahs olib boradi. Shu kungacha hech bir fransuz jamoasi Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritmagan, PSJ bu kubokni qo‘lga kiritgan birinchi fransuz jamoasi bo‘lishi mumkin.

“Flamengo” esa ikkinchi Qit’alararo kubok chempionligini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Oxirgi marta ular 1981 yilda “Liverpul”ni mag‘lub etgan edi.

PSJ Yevropa chempioni sifatida finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Flamengo” finalga chiqish uchun Meksikaning “Krus Asul” va Misrning “Piramids” jamoalarini mag‘lub etdi.

Final uchrashuvi Dohadagi “Ahmad bin Ali” stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ “Flamengo” Qit'alararo kubok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing