Mbappe PSJni sudda yutib chiqdi
Sport
−
11:04 3845 2 daqiqa
Kecha, 16 dekabr kuni Parij mehnat sudi “Pari Sen-Jermen” klubi bilan jamoaning sobiq hujumchisi Kilian Mbappe o‘rtasidagi 60 million yevro miqdoridagi to‘lanmagan maosh va bonuslar bo‘yicha nizoda Mbappe foydasiga qaror chiqardi hamda klubni ushbu mablag‘larni to‘lashga majbur qildi. Bu haqda “France24” nashri xabar berdi.
Mbappe 2024 yilning aprel, may va iyun oylarida maoshi hamda bonuslari ushlab qolingani sabab PSJni sudga bergan edi. U klubni tark etib, “Real Madrid”ga erkin agent sifatida o‘tishidan biroz oldin ushbu to‘lovlar amalga oshirilmaganini ta’kidlagan.
“Biz qarordan mamnunmiz. Maosh to‘lanmaganda bunday oqibat bo‘lishi tabiiy”, dedi Mbappening advokati Frederik Kassereau.
Sud PSJ Mbappening uch oylik maoshi, axloqiy bonusi hamda mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan imzo bonusini to‘lamaganini aniqladi. Mazkur summalar Fransiya professional futbol ligasi (LFP) tomonidan 2024 yil sentyabr va oktyabr oylarida qabul qilingan ikki qaror asosida to‘lanishi lozim deb topildi.
Biroq Mbappening ayrim qo‘shimcha da’volari, jumladan, yashirin mehnat, axloqiy bosim va ish beruvchining xavfsizlik majburiyatlarini buzish haqidagi ayblovlar ham sud tomonidan rad etildi. Shuningdek, sud Mbappening muddatli shartnomasini doimiy shartnoma sifatida tan olmadi, bu esa ishdan bo‘shatish va ogohlantirish to‘lovlari bilan bog‘liq ehtimoliy kompensatsiya miqdorini chekladi.
Live
Barchasi