Bugun Prezident davlat mukofotlarini topshiradi

Jamiyat

image

Bugun, 27 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ma’lumki, joriy yil 23 avgust kuni Prezidentning “O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi, 24 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi va 25 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonlari imzolangandi.

Shuningdek, davlat rahbari bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat san’at muzeyining yangi binosi qurilishiga start beradi hamda “Toshkent-Sharqiy” xalqaro aeroportida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev mukofotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing