Bugun Superligaga start beriladi
Sport
−
27 fevral 3809 1 daqiqa
Bugun, 27 fevral kuni O‘zbekiston Superligasi yangi mavsumi start oladi. Yangi mavsumni “Buxoro” va “Qo‘qon 1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ochib beradi.
Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan ushbu bahs 18:00 da boshlanadi. Shuningdek kun doirasida yana “Andijon” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi bahs hamda “Paxtakor” – “Qizilqum” uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi. Andijondagi bahs 18:45 da boshlansa, Toshkentdagi uchrashuv 19:00 belgilangan.
Bundan tashqari, ertaga 28 fevral kuni ham 1 tur doirasidan o‘rin olgan 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Qolgan ikki o‘yin esa joriy yilning 1 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Superliga yangi mavsumi joriy yilning 3 dekabr kuni yakuniga yetadi. O‘tish o‘yinlarining eng oxirgisi 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi chempionlikni, Toshkentning “Paxtakor” klubi kumush, Qarshining “Nasaf” jamoasi esa bronza medallarga ega chiqqan edi.
Live
Barchasi