Bugun Yeybog medallar uchun kurashni davom ettiradi

Sport

image

Bugun 18 fevral kuni o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog Italiyada o‘tkazilayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida yana startga chiqadi. Kun doirasida  Daniil 500 metr masofadagi chorak final bahsini o‘tkazadi. 

Daniil Yeybogning chiqishi Toshkent vaqti bilan 19 fevralga o‘tar kechasi 00:15 da boshlanadi.

Joriy yilning 16 fevral kuni Yeybog 500 metr masofada kechgan saralash bosqichida raqiblarining qoidabuzarligi evaziga chorak finalga yo‘l olgan edi. 

Shuningdek, Daniil Yeybog joriy yilning 15 fevralga o‘tar kechasi short-trek bo‘yicha 1500 metr masofada kechgan bahslarda ham ishtirok etgandi. Yarim finaldagi chiqishida Yeybog o‘z guruhida roppa-rosa ikki daqiqa 18 soniya bilan uchinchi bo‘lib, finishga kelgan va yakunda “B” finalda ishtirok etib, musobaqani 14-o‘rinda yakunlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom dasturida ikkita urinishdan bittasidan foydalangan holda Olimpiadadagi ishtirokini yakunlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Daniil Eybog short-trek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing