Qarzi sabab Trampga JCHga borish taqiqlanishi mumkin – OAV
Sport
−
14:11 4986 1 daqiqa
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) AQSH Prezidenti Donald Tramp va boshqa AQSH rasmiylariga mamlakatning tashkilotga qarzi sababli Jahon chempionatli va Olimpiya o‘yinlariga borishni taqiqlashi mumkin. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, WADA joriy yilning 17 mart kuni bo‘lib o‘tadigan ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida milliy antidoping agentliklari a’zolik badallarini to‘lamagan mamlakatlarga sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini muhokama qilishi kutilmoqda.
Qo‘shma Shtatlar 2023 yildan beri a’zolik badallarini to‘lamagan. Mavjud loyihalarga ko‘ra, sanksiyalardan biri rasmiylarning sport tadbirlarida ishtirokini cheklash bo‘lishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlar tashkilotning AQSH Dopingga qarshi kurash agentligi bilan kelishmovchilik tufayli WADA byudjetiga yillik a’zolik badallarini to‘lashdan bosh tortgan. Amerika tomoni hali ham 2024 yil (3,6 million dollar) va 2025 yil (3,8 million dollar) uchun to‘lovlarni amalga oshirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eron terma jamoasiga Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bormaslikni maslahat bergandi.