Buxoroda 35 ming dollarga simob sotganlar ushlandi
Jamiyat
−
20 noyabr 4362 1 daqiqa
Buxoro viloyatida 35 ming AQSH dollariga simob sotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Buxoro shahrida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zaro til biriktirib, O‘zbekistonda erkin sotilishi taqiqlangan 3 dona flakonda bo‘lgan jami 343 gramm simob moddasini 35 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-1-moddasi (Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish) 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Simob va uni o‘z ichiga olgan birikmalarni erkin sotish, sotib olish, saqlash yoki undan maishiy sharoitda foydalanishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, u kuchli zaharlilik darajasiga ega bo‘lib, mamlakat hududida erkin aylanishi taqiqlanadi“, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda internet orqali “geroin” tarqatayotganlar ushlangandi.
Live
Barchasi