Buxoroda ko‘p qavatli uy portlab ketdi. Jabrlanganlar bor

3-sahifa

image

Bugun, 31 yanvar kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi “Tinchlik” MFYda ikki qavatli binoda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 08:23 da “Tinchlik” MFY “Sho‘robod” ko‘chasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va boshqa tegishli xizmatlar yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz plitasidan foydalanish jarayonida sizib chiqqan gaz ortidan chaqnash sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan 3 qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing