Buxoroda odamlarni “uxlatgan” rahbar qamaldi
Olam
−
10:49 5162 1 daqiqa
Buxoroda fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirgan qurilish firmasi rahbari qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tergov boshqarmasi tomonidan “Global Lux Story Impeks” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bildirilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan, jamiyat rahbari 2019-2023 yillar davomida Buxoro shahar “Islom Karimov” ko‘chasida qurilayotgan 14-sonli uy va boshqa manzillardan kvartira sotishni va’da qilib, 40 nafardan ortiq fuqarolarning ishonchiga kirgan. U soxta shartnomalar tuzish va hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olingan hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB ushbu shaxsdan jabrlangan fuqarolardan 112, +99865-220-41-24, +99898-278-09-07 raqamlari orqali murojaat qilishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m byudjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlanib, vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va departament boshlig‘i Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Live
Barchasi