Buxoroda tadbirkor 600 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi 

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Peshku tumanida 290 gektar yer maydonini 600 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan tadbirkor ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor Buxoro viloyatining Peshku tumani hududidagi oltin va boshqa qimmatbaho metallarga ega bo‘lgan davlat zaxirasidagi 290 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan. Tadbirkor o‘zining mansabdor tanishlari yordamida auksion savdolari orqali olib berishni va’da qilib, Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqarodan 600 ming AQSH dollari so‘ragan.

DXX ning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun bir necha marotaba sudlangan mazkur shaxs oldindan 230 ming AQSH dollari va 840 mln so‘m olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28-211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Pop tumanida davlat zaxirasidagi 90 sotix yerni 4500 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi ushlangani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora DXX tadbirkor Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing