Buxoroda yana zilzila: 3 kunda beshinchi marta yer qimirladi
Jamiyat
−
22 may 2435 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston hududida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 10:15 da yuz bergan. Magnitudasi 3,8, chuqurligi 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 525 km janubiy-g‘arbda joylashgan Jondor tumanida. Koordinatalari: 40,24 daraja shimoliy kenglik, 63,13 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Gazli shahrida 2-3 ball, 30 km;
- Peshko‘ tumanida 2 ball, 45 km;
- Qorakol tumanida 2 ball, 51 km.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 may kuni Buxoro viloyatida 3,8, 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Qolaversa, bugun, 22 may kuni Buxoro viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Live
Barchasi