Buxoroda tungi klubdagi qizlar fohishalikka majburlandi (video)
3-sahifa
−
23 fevral 21715 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Buxoro shahrida tungi klubdagi ayol va qizlarni fohishalikka majburlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahridagi tungi klublardan birida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda muqaddam bezorilik jinoyati bilan sudlangan tungi klub rahbari Instagram tarmog‘i orqali respublikaning turli viloyatlaridan ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol-qizlarni tanlab olganligi aniqlangan. Ularga yuqori maosh va raqqosalik faoliyatini va’da qilib, Buxoro shahriga olib kelgan. So‘ngra ularning erkinligini cheklab, ruhiy va jismoniy ta’sir o‘tkazish orqali tungi klub mijozlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan.
Jabrlanuvchilarning ishlab topgan mablag‘lari klub rahbari tomonidan majburiy ravishda tortib olingan. Bo‘ysunmaganlarga nisbatan esa tan jarohati yetkazilgan.
Tezkor tadbir davomida tungi vaqtda klubda faoliyat yuritayotgan jami 23 nafar ayol va qizlar Buxoro shahar bo‘yicha ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib borilgan.
Hozirgi paytda tungi klub rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 3 nafar ayolni Birlashgan Arab Amirliklariga fohishalik uchun yuborayotganlar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi