Buxoroda yana zilzila bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 20 may kuni O‘zbekiston hududida 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 12:29 da yuz bergan. Magnitudasi 3,4, chuqurligi 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 525 km janubiy-g‘arbda joylashgan Gazli shahrida. Koordinatalari: 40,26 daraja shimoliy kenglik, 63,13 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Gazli shahrida 2 ball, 31 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro zilzila Gazli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing