Buxoroda “yopilgan” 900 dan ziyod korxona 1,3 mln kVt-soat tok ishlatdi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida o‘tgan yili faoliyatini go‘yoki to‘xtatgan 900 dan ziyod korxona joriy yil yanvar-fevral oylarida 1 million 300 ming kilovatt-soat elektr, 480 ming kub metr gaz ishlatgani aniqlandi. Bu haqda bugun, 24 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

O‘tgan yili yashirin iqtisodiyot bo‘yicha alohida farmon imzolanib, bu masalaga qattiq kirishilgan.

Lekin birinchi chorakda kuzatilmaydigan iqtisodiyot Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazmda 40 foizdan, Andijon, Farg‘ona, Buxoroda 30 foizdan yuqori bo‘lgan.

Buxoro viloyatidagi holat tahlil qilinganda, o‘tgan yili faoliyatini go‘yoki to‘xtatgan 900 dan ziyod korxona yanvar-fevral oylarida 1 million 300 ming kilovatt-soat elektr, 480 ming kub metr gaz ishlatgani aniqlangan. Shuningdek, 12,5 mingta transport vositasida yuklar norasmiy tashilgani oqibatida 40 milliard so‘m soliq tushumi boy berilgan. Birinchi chorakning o‘zida uy-joy narxini kamaytirib ko‘rsatish oqibatida 1 trillion 800 milliard so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan.

Viloyat prokurorlari, ichki ishlar va soliq boshqarmalariga xufiyona iqtisodiyot bilan kurashishda ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha aniq metodologiya qilib berilgan. Endi barcha hududlarda ishni shu tartibda tumanbay tashkil qilish topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro korxona tok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing