Bo‘stonliqdagi o‘rmonga o‘t ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 20 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Burchmulla” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish va cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in tahminan soat 13:00 lar atrofida boshlangan. Voqea joyiga o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari, 40 dan ziyod ishchi-xodimlar, 10 nafar ushbu mahalladagi yong‘in qutqaruv guruhi ko‘ngillilari hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari yetib borgan. Yong‘in tahminan soat 14:40 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 1,5 gektarga yaqin yer maydonidagi qurigan o‘tlar yongan. Hodisa Yakkatut qishlog‘ida yashovchi 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro S.D.ning texnika xavfsizligiga rioya qilmasdan, ichimlik suvi metal quvurini payvandlashi oqibatida kelib chiqqan.

Ushbu fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 84-moddasi (o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish) 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Bo‘stonliq tumanida joylashgan o‘rmon xo‘jaligidagi qirda yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Bo'stonliq Burchmulla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing