ChatGPT’da “ruhiyatga ta’sir ko‘rsatmaydigan” yangi funksiya yaratildi

Olam

image

OpenAI o‘zining ChatGPT sun’iy intellekt chat-boti uchun bolaning ruhiy holati yomonlashganida ota-onani xabardor qilish kabi yangi nazorat funksiyasini e’lon qildi. Ammo tanqidchilar buni “noaniq va’da” deb atamoqda. Bu haqda “Euronews” xabar beradi.

Bu qaror joriy yilning aprel oyida o‘z joniga qasd qilgan 16 yoshli Adam Reynning ota-onasi tomonidan kompaniya va uning bosh direktori Sam Altmanga qarshi da’vo qo‘zg‘atilganidan keyin amalga oshirilgan.

Ota-onalarning fikricha, ChatGPT Adam Reynda psixologik qaramlikni keltirib chiqargan va hatto unga o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi xatni ham yozib bergan.

OpenAI’ning yozishicha, yangi ota-ona nazorat tizimi oktyabr oyida joriy etiladi. Ushbu tizim ota-onalarga o‘z hisobini farzandining hisobi bilan bog‘lash imkonini beradi. Bunga ChatGPT chat-botidagi suhbatlar tarixi va sun’iy intellekt avtomatik ravishda saqlab qoladigan ma’lumotlar kiradi.

OpenAI o‘z blogida, agar o‘smirda psixologik stress holati kuzatilsa, darhol uning ota-onaciga xabarnoma yuborishini yozgan. Biroq kompaniya bunday ogohlantirishga nima sabab bo‘lishini aniq qayd etmadi. Bu funksiya mutaxassislar tomonidan boshqarilishi mumkin. 

“Bu yaxshiroq ishlashga berilgan noaniq va’dalar. OpenAI inqirozga yuz tutmaslik uchun mavzuni o‘zgartirishga urinmoqda” , degan o‘smir ota-onasining advokati, Jay Edelson

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT kabi sun’iy intellektga asoslangan chat-botlar bilan muloqot ba’zi foydalanuvchilarda real haqiqatni qabul qilishda og‘ir buzilishlarga olib kelayotgani xabar qilingan edi.

Malikabonu Muhammedova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ChatGPT OpenAI Sam Altman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing