Paradda Putinning xavfsizligi kuchaytiriladi – Kreml

Olam

image

Ukraina tomonidan G‘alaba paradini buzish bilan bog‘liq tahdidlar fonida maxsus xizmatlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Undan jurnalistlar Ukraina rahbariyatining 9 may kungi G‘alaba paradini buzish bilan bog‘liq tahdidlari sababli Prezident xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha biror-bir qo‘shimcha choralar ko‘rilyaptimi, deb so‘ragan.

“Shubhasiz. Umuman olganda, davlat rahbarining xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘rilmoqda”, deb javob bergan Peskov.

Shuningdek, u “Financial Times” gazetasining vaziyatdan xabardor manbalarga hamda Yevropa razvedka xizmatlariga yaqin manbaga tayanib, Putin atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqidagi xabariga munosabat bildirgan.

“Sizga bitta savolim bor – Yevropa razvedkasi o‘zi nima? Men bunday tashkilot borligini bilmayman. Bunday materiallarni o‘qimayman. Umuman olganda, davlat rahbarining xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘rilmoqda”, deya qayd etgan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml matbuot xizmati G‘alaba kunini nishonlash uchun Moskvaga boradigan xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Mazkur ro‘yxatda Markaziy Osiyo yetakchilari yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin G'alaba paradi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing