Qaynona kelini hamrohligida o‘g‘lining o‘ynashini do‘pposladi (video)
3-sahifa
−
11 avgust 18313 2 daqiqa
Joriy yilning 24 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ona va kelin qarindoshlari bilan omma oldida o‘g‘li bilan nikohsiz yashab kelayotgan qizni kaltaklab, uni kiyimsiz holatda qoldirdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 22:30 larda Chiroqchi tumanida yashovchi ayol D.I. 102 raqamiga murojaat qilib, u bilan birga rasmiy nikohsiz yashab kelayotgan erkak N.P.ning onasi xonadoniga kelib, janjal ko‘tarayotganini ma’lum qilgan.
Bildirishicha, N.P.ning rasmiy nikohida bo‘lgan ayoli qarindoshlari bilan birga jamoat joyida “Senga erim kerakmi?” deb D.I.ni bir necha marotaba tanasining turli joylariga tepib, urib kiyimsiz holatda qoldirgan. Hodisa joyiga profilaktika inspektori yetib borib, janjalni bartaraf etish maqsadida N.P.ni tuman IIB binosiga olib borgan.
Mazkur holatlarning videotasviri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, profilaktika inspektori tomonidan to‘liq tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va protsess ishtirokchilarining olgan tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda tadbirkor ayol qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi, 2005 yilda tug‘ilgan qizni kaltaklagani va keyinroq ushbu ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi