Dam olish kunlari aksariyat hududlarda qor yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet joriy yilning 16-18 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bugun, 16 yanvar kuni kunduzi va ertaga, shanba kuniga o‘tar kechasi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, asta-sekin qorga ayanadi) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir kechga tomon boshlanadi.

Ertaga, 17 yanvar kuni kunduzi respublika bo‘yicha barqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, ammo uning jadalligi nisbatan kamayadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ushbu kunlarda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Joriy yil 18 yanvar – yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.

Bugun, 16 yanvar kuni kunduzi havo harorati 5-8 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Harorat kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 yanvarda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 16 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda bugun, 16 yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Harorat 6-8 daraja iliq bo‘ladi. Shanba kuni kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing