Dam olish kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 1-2 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 1 noyabrda kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 2 noyabrda O‘zbekiston bo‘ylab quruq va salqin ob-havo saqlanib turadi. Dam olish kunlari harorat 15-20 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 1 noyabr kuni kechasi biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. 2 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 1 noyabrda 16-18 daraja iliq, 2 noyabrda 18-20 daraja iliq bo‘ladi. Kechalari harorat 8-10 daraja atrofida salqin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing