Dana Uayt Oq uydagi UFC kartasi tayyor ekanligini e’lon qildi
Sport
−
05 mart 1743 1 daqiqa
UFC prezidenti Dana Uayt shu yil iyun oyida Oq uyda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan UFC turniri uchun barcha rejalar deyarli tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u IFL TV telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Men bu hafta butun jang kartasini e’lon qilaman. Hammasi tayyor. Karta allaqachon shakllantirilgan”, deydi Dana Uayt.
2025 yil 4 iyul kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSHning 250 yilligini nishonlash doirasida 2026 yil 14 iyunda Oq uy hududida UFC tadbiri o‘tkazilishini e’lon qilgan. Tadbirda sakkizdan to‘qqiztagacha chempionlik janglari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons Oq uydagi tadbirda ishtirok etish masalasida promoushen rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotganini tan olgan.
Shuningdek, Konor Makgregor ham UFC bilan navbatdagi jangini muhokama qilayotganini ma’lum qilgandi. Irlandiyalik jangchining so‘zlariga ko‘ra, uning keyingi jangi aynan Oq uydagi tadbir doirasida o‘tkazilishi mumkin.
Live
Barchasi