Dani Alves sobiq rafiqasini firibgarlikda ayblamoqda
Sport
−
11:35 2640 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Dani Alvesning sobiq rafiqasi va sobiq agenti Dinora Santana futbolchining aktivlarini boshqargan. 2013–2023 yillar oralig‘idagi o‘n yillik davrda 3,7 million AQSH dollarini o‘zlashtirishda ayblab sudga berdi. Bu haqda BN Esportes nashri xabar berdi.
Sud jarayoni Braziliya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq futbolchisi tomonidan 2025 yilda boshlangan. Alves Santanani o‘z hisoblaridan shaxsiy ehtiyojlari uchun 20 million realdan (taxminan 3,7 million AQSH dollari) ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlikda ayblamoqda.
Himoya tomoni esa bu ayblovlarni rad etib, Alves ushbu da’vo orqali qasos olishga urinayotganini ta’kidlamoqda. Ma’lum qilinishicha, Santana avvalroq ikki nafar farzandi uchun aliment undirish bo‘yicha sudga murojaat qilgan.
Dinora Santana sudga 130 sahifadan ortiq yozishmalar va to‘lov kvitansiyalarini taqdim etgan. Ularning ayrimlarida Alvesning o‘zi mablag‘larni o‘tkazishni so‘ragani aks etgan. Biroq sud taqdim etilgan hujjatlarni yetarli deb topmadi va tijorat formatida tuzilgan daromadlar, xarajatlar hamda balansni o‘z ichiga olgan batafsil moliyaviy hisobot talab qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida braziliyalik futbolchi Portugaliyaning “Sao Jao Ver” klubidan ulush sotib oldi. Xabarlarga ko‘ra, 42 yoshli Alves Portugaliya uchinchi divizioni vakili safida futbolchi sifatida ham maydonga tushishi mumkin.
Live
Barchasi