Daniil Yeybog medallar uchun bahs olib boradi (video)

Sport

image

Bugun, 16 fevral kuni o‘zbekistonlik sportchi Daniil Yeybog Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining short-trek bo‘yicha 500 metr masofadagi saralash bahsida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va medallar uchun kurashadigan bo‘ldi.

O‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog 500 metr masofada kechgan saralash bosqichida startga chiqdi va raqiblarining qoidabuzarligi evaziga kvalifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi u joriy yilning 18 fevral kuni medallar uchun bahs olib boradi.

Shuningdek, bugun, 16 fevral kuni Medet Nazarov dastlabki chiqishda 1:07,51 qayd etdi. Bu orqali Medet marraga yetib kelganida 33-pog‘onaga, yakunda esa 35-o‘rindan joy oldi. 

Ma’lumot uchun, Daniil Yeybog kecha, 15 fevralga o‘tar kechasi short-trek bo‘yicha 1500 metr masofada kechgan bahslarda chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalga yo‘l olgan edi. Yarim finaldagi chiqishida Yeybog o‘z guruhida roppa-rosa ikki daqiqa 18 soniya bilan uchinchi bo‘lib finishga keldi. U yakunda “B” finalda ishtirok etib, musobaqani 14-o‘rinda yakunladi.

Medet Nazarov esa joriy yilning 14 fevral kuni tog‘ chang‘isi bo‘yicha gigant slalom dasturidagi bahslarda ishtirok etdi. Nazarov dastlabki chiqishda 1:25.75 soniya natija qayd etdi. Ikkinchi chiqishdan so‘ng 1:21.14 soniyalik ko‘rsatgich bilan 50-o‘rinni egalladi. Nazarov chempiondan +21.89 soniya ko‘proq vaqt sarfladi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Daniil Eybog short-trek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing