Daniyada pochta xizmati xat tashishni to‘xtatadi
Olam
−
04 dekabr 1395 1 daqiqa
Daniya pochta xizmati (PostNord) yil oxirigacha xat yetkazib berishni to‘xtatadi va faqat jo‘natmalar yetkazish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
“So‘nggi maktub dekabr oxirida yetkaziladi, shundan keyin hammasi tugaydi… Xatlar qabul qilish to‘xtatilishi bilan pochta qutilari ham olib tashlanadi”, deb yozadi nashr.
Qayd etilishicha, 2000 yildan beri Daniyada pochta jo‘natmalari hajmi 90 foizdan ko‘proqqa kamaygan. Shu bilan birga, onlayn savdoning o‘sishi jo‘natma yetkazishga bo‘lgan talabni keskin oshirgan.
“Biz daniyaliklar uchun afzal ko‘riladigan jo‘natma yetkazib berish xizmati bo‘lishini istaymiz”, deb izoh bergan Daniya pochta xizmati.
“Bild”ning yozishicha, kelasi yildan boshlab daniyaliklar xat yuborish uchun xususiy yetkazib berish xizmatlaridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda an’anaviy qog‘oz pochta tez sur’atlarda o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda, raqamli muloqot esa kundalik hayotda tobora keng tarqalmoqda. Shu sababli pochta kompaniyalari jo‘natmalar hajmining qisqarishi va moliyaviy yo‘qotishlar bilan kurashmoqda. Ko‘plab pochta xizmatlari aynan shuning uchun o‘z faoliyatini qayta tashkil etishga urinmoqda.
Live
Barchasi