Davosda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Vengriya yetakchilari uchrashdi
Jamiyat
−
22 yanvar 3789 1 daqiqa
Bugun, 22 yanvar kuni “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yetakchilar do‘stona ruhda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.

Ko‘p tomonlama, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimida ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi. Bu orqali O‘zbekiston uni ta’sis etgan davlatlardan biriga aylandi. AQSH Prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tgan tadbirda Argentina, Armaniston, Bahrayn, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Marokash, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Paragvay, Pokiston, Qatar, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Vengriya va boshqa davlatlar rahbarlari, Bosh vazirlari va Tashqi ishlar vazirlari ham qatnashgan.
Live
Barchasi