Shavkat Mirziyoyev, bizni rasman millioner qildingiz – tadbirkor

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda “Grand Pharm Trade” kompaniyasi asoschisi Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev Prezidentga barcha tadbirkorlarni milliarderga aylantirgani haqida aytdi. 

Abbosxo‘jayev ilgari farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tekshiruvlar va nazorat organlarining kutilmagan tashriflaridan qo‘rqib ishlaganini aytgan.

“Avvallari ofisimiz kichik joyda joylashgan edi va xorijiy hamkorlar mahsulotlarini yetkazib berishga qo‘rqardi. Xorijiy valyutani konvertatsiya qilish bir necha oy, yillarga cho‘zilardi, mablag‘ni chetga chiqarish uchun birjaga chiqishga va har xil sxemalardan foydalanishga majbur bo‘lardik. Hozir esa hech qanday muammo yo‘q. Barchamiz maza qilib ishlayapmiz. Kompaniyalar aylanmasi milliardga yetdi, barchani rasman millioner qildingiz”, degan Abbosxo‘jayev. 

Shuningdek, tadbirkor Prezidentdan zavodga yo‘l yo‘qligi va elektr ta’minoti muammolarini hal qilib berishda yordam so‘ragan. 

Shavkat Mirziyoyev har ikki masalani protokolga kiritishga topshiriq bergan va infratuzilma bo‘lmasa, korxona ishlay olmasligini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmon chiqargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev millioner Azizxo'ja Abbosxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing