Dekabrda qanday ob-havo bo‘ladi?
Bu qiziq
−
21 noyabr 57859 2 daqiqa
Joriy yilning dekabr oyi normaga nisbatan biroz issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qishning ilk oyida o‘rtacha oylik harorat normaga nisbatan 1–1,5 daraja baland bo‘ladi. Birinchi o‘n kunlikda havo asosan kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat keskin o‘zgarib turadi: kechasi 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliqdan 2-7 daraja iliqqacha. Oylik yog‘ingarchilik miqdori norma atrofida yoki undan kam bo‘lishi kutilmoqda.
Yanvar oyi umumiy holatda normaga yaqin, ayrim hududlarda biroz sovuqroq bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarda harorat katta diapazonda o‘zgarib turadi: kechasi 3-8 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq va 3 daraja iliqqacha. Uchinchi o‘n kunlikda anomal sovuqlar kutilmoqda: ko‘pchilik hududlarda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq, Nukus va Urganch atroflarida kechasi 20-25 daraja sovuqqacha tushishi mumkin.
Fevral oyi ko‘p yillik normalarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi o‘n kunlikda anomal sovuqlar davom etadi: kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq va 2 daraja iliq. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo sezilarli iliydi: kechasi 2-7 daraja sovuqdan 3-8 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha. Janubiy hududlarda kunduzgi harorat 15-20 darajagacha ko‘tarilib, havo isishi mumkin. Yog‘ingarchilik me’yor doirasida bo‘ladi.
Live
Barchasi