Dekabrda qor yog‘adi
Bu qiziq
−
01 dekabr 122005 1 daqiqa
O‘zgidromet 2025 yilning dekabr oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1-3 dekabrda respublika bo‘yicha qish faslining boshi uchun biroz iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Hududning katta qismida havo harorati kechalari 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi.
4-5 dekabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 3-6 darajagacha pasayadi. 6-7 dekabrda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 12-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Harorat tartibi bo‘yicha dekabr oyi o‘rtacha iqlim meyoridan 1-1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Oyning ayrim kunlarida (2-4 kun) yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari 2-7 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Live
Barchasi