O‘zbekistonda hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Bu qiziq
−
01 dekabr 6770 3 daqiqa
O‘zgidromet joriy yilning 3-6 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, 5-6 dekabrda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 dekabrda 5-10 daraja iliq, 4-6 dekabrda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, 5-6 dekabrda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 3 dekabrda 10-15 daraja iliq, 4-5 dekabrda 6-11 daraja iliq, 6 dekabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3-6 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 4 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 5 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 6 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-5 dekabrda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 3 va 6 dekabrda bazi joylarda 2 daraja gacha sovuq, kunduzi 3 dekabrda 13-18 daraja iliq, 4-6 dekabrda kechasi 10-15 daraja iliq, 5 dekabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 4-5 dekabrda 0-5 daraja iliq, 6 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-4 dekabrda 8-13 daraja iliq, 5-6 dekabrda 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-6 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 dekabrda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, 5-6 dekabrda 1-6 daraja sovuq, kunduzi 3 dekabrda 5-10 daraja iliq, 4 dekabrda 3-8 daraja iliq, 5-6 dekabrda 0-5 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi