Delci Rodriges Venesuelaning muvaqqat prezidenti sifatida qasamyod qildi (video)

Olam

image

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro qo‘lga olinganidan so‘ng uning o‘rnini vaqtincha egallab turgan vitse-prezident Delci Rodriges bugun, 6 yanvar soat 02:00 lar atrofida mamlakatning muvaqqat prezidenti sifatida rasman qasamyod qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vitse-prezident Delci Rodriges Karakasda, AQSH Venesuelaga zarba berib, Prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga olganidan so‘ng, Milliy Assambleyada Venesuelaning vaqtincha prezidenti sifatida qasamyod marosimida qatnashgan.

Mehnat huquqi bo‘yicha advokat bo‘lgan, xususiy sektor bilan yaqin aloqalari va hukmron partiyaga sadoqati bilan tanilgan 56 yoshli Rodrigesga qasamyodni uning akasi – Milliy Assambleya raisi Xorxe Rodriges qabul qildirgan. 

Qayd etilishicha, 2025 yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda mandat olgan 283 nafar deputat ham qasamyod marosimida ishtirok etgan. Ularning faqat oz qismi muxolifat vakillari hisoblanadi – muxolifatning asosiy qismi, xususan Nobel mukofoti sovrindori Machado yetakchiligidagi qanot saylovlarni boykot qilgan. Marosimda qatnashmagan yagona deputat birinchi xonim Siliya Flores bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikolas Maduro va uning rafiqasi Nyu-York sudida ishtirok etib, o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmasliklarini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela qasamyod vitse-prezident Delci Rodriges

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing