Denovda zaryadlanayotgan elektromobil yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida zaryadlanayotgan elektromobil yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:22 da 112 tizimi orqali FVBga Denov tumani “Bog‘ishamol” MFYda yashovchi fuqaroga tegishli Leapmotor C11 rusumli avtotransport vositasi elektr quvvatlash shoxobchasida turganda to‘satdan yonib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in joyiga 8-qutqaruv bo‘linmasidan 2 ta ekipaj soat 16:24 da yetib borib, yong‘in soat 16:25 da qurshab olingan va 16:30 da to‘liq bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatidagi magistral yo‘lda harakatlanayotgan avtomobilda yong‘in chiqqan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Denov elektromobil' Leapmotor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing