G‘ijduvondagi bozorga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 12 may kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:15 da tumanning “Degrezon” MFY hududida, yo‘l yoqasida joylashgan 4 ta savdo do‘konida (2 ta oziq-ovqat va 2 ta parfyumeriya mahsulotlari do‘koni) yong‘in sodir bo‘lgan. Qutqaruv bo‘linmalari soat 22:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 23:23 da to‘liq o‘chirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida savdo do‘konlarining ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi oziq-ovqat bozori yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in bozor G'ijduvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing