Dezire Due “Golden Boy” sovrinini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubining hujumkor yarim himoyachisi Dezire Due Italiyaning “Tuttosport” nashri tomonidan taqdim etilgan nufuzli “Golden Boy 2025” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda SI nashri xabar berdi.

Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Fransiya chempionati va Fransiya kubogi g‘olibi bo‘lgan Due mutaxassislar ovoziga ko‘ra, 2025 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. “Renn” klubining sobiq futbolchisi Lamin Yamaldan keyin ushbu nufuzli mukofot sohibiga aylandi.

20 yoshli yarim himoyachi joriy yilning 31 may kuni PSJ bilan Chempionlar ligasi kubogini ham qo‘lga kiritgan va finalda Milanning “Inter” klubiga qarshi o‘yinda ikki gol urgan edi.

2025 yilgi “Golden Boy” sovrinida Due boshqa iqtidorli yosh futbolchilar  Pau Kubarsi, Zair-Emeri, Din Xyoysen, Arda Gyuler va Franko Mastantuono kabi nomzodlarni ortda qoldirdi. Fransiyalik futbolchi Lamin Yamal va Jud Bellingemdan keyin ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu sovrin 2003 yilda Italiyaning “Tuttosport” gazetasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, Yevropa oliy ligalarida o‘ynayotgan eng yorqin yosh futbolchilarni taqdirlashga mo‘ljallangan. Bu mukofot “Oltin to‘p” taqdirlash marosimidagi “Kopa” sovrinidan biroz farq qiladi. “Golden Boy” sovrini to‘liq kalendar yili hisobiga beriladi. Ovoz berishda Fransiya, Ispaniya, Angliya, Portugaliya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi. “Kopa” esa mavsum uchun topshiriladi. Bu sovringa ovoz berishda faqat “Oltin to‘p” egalari qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa futbolining 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Golden Boy” sovrini uchun 25 nafar nomzodlar ro‘yxati e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Lamin Yamal' Dezire Due “Golden Boy 2025”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing