Mbappe La Liganing eng qimmat futbolchisiga aylandi
Sport
−
13 dekabr 680 1 daqiqa
Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi futbolchilarining bozor qiymatlarini yangiladi. Unga ko‘ra, “Real Madrid” klubi futbolchisi Killian Mbappening narxi 20 million yevroga yuqorilab, liganing eng qimmat futbolchisiga aylandi.
Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng, Killian Mbappening narxi 200 million yevro deya baholandi va bu ko‘rsatkich bilan fransiyalik futbolchi Yamal bilan birga Liganing eng qimmat futbolchisiga bo‘lib turibdi. “Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi Lamin Yamalning bozor qiymati ham 200 million yevro deya baholangan. Undan keyingi o‘rinlarni 160 million yevro bilan “Real Madrid” futbolchisi Jud Bellingem va 150 million yevro bilan Vinisus Junior egallab turibdi.
Transfermarkt’ga ko‘ra, hozirda “Real Madrid” jamoasining bozor qiymati 1,38 mlrd yevro bilan La Liganing eng qimmat jamoasi bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda esa 1,12 mlrd yevro bilan “Barselona” jamoasi bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Transfermarkt portali Eron Pro ligasi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangilagandan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov Eron chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylangan edi.
Live
Barchasi