DXX kubogi: finalda Sirdaryo va Qashqadaryo yoshlari “jang qildi” (fotoreportaj)
Sport
−
24 avgust 11343 2 daqiqa
Bugun, 23 avgust kuni Toshkent shahridagi “JAR” stadionida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Davlat xavfsizlik xizmati kubogining mini-futbol va futbol bahslari final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. QALAMPIR.UZ futbol bo‘yicha final uchrashuvidan fotoreportaj tayyorladi.



“JAR” stadionidagi hal qiluvchi bahsda Sirdaryo viloyatiining “Jomiy” mahallasi yoshlari Qashqadaryo viloyatining “Qoratepa” mahallasi yoshlarini 1:0 hisobida mag‘lub etib, DXX kubogi sohibiga aylandi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida jamoalar teng kurash olib bordi. Biroq bo‘lim o‘rtalaridan boshlab sirdaryolik yoshlar ustunlikni qo‘lga oldi. Ketma-ket tashkil qilingan hujumlarga qaramay birinchi bo‘lim nursiz durang bilan yakunlandi.


Ikkinchi bo‘lim ham “Jomiy” mahallasi yoshlarining ustunligi bilan boshlandi. O‘yinning 37-daqiqasida bu ustunlik tabloga ko‘chdi va sirdaryoliklar hisobda oldinga chiqib oldi. Ushbu goldan so‘ng qashqadaryoliklar ham jonlanib, ketma-ket hujumlar uyushtirdi. Biroq o‘yin yakunigacha hisob boshqa o‘zgarmadi va final g‘olibi aniqlandi.


Ma’lumot uchun, 3-o‘rin uchun bahsda Toshkent shahri jamoasi Farg‘ona viloyati jamoasidan ustun keldi. Mini-futbol bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha:
Qizlar o‘rtasida:
- Navoiy viloyati – 1-o‘rin;
- Toshkent shahri –2-o‘rin;
- Samarqand viloyati — 3-o‘rin.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
- Toshkent shahri –1-o‘rin;
- Samarqand viloyati –2-o‘rin;
- Qashqadaryo viloyati – 3-o‘rin.
Qayd etish joiz, respublika bosqichida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga stritbol (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar esa pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Live
Barchasi