Dog‘istonni suv bosdi. Qurbonlar 4 nafarga yetdi (video)

Olam

image

Joriy yilning 28 mart va 4-5 aprel kunlari Dog‘istonda kuchli yomg‘ir yog‘di. Suv sathi ko‘tarilishi oqibatida kecha, 5 aprel kuni Gejux suv omborining to‘g‘oni buzilib ketdi va bu 4 kishining halok bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.

Qayd etilishicha, yog‘gan kuchli yomg‘ir uy-joylar, yo‘llar, elektr stansiyalariga ham zarar yetkazgan va taxminan 20 ta tumanda elektr ta’minotini cheklab qo‘ygan. Maxachqal’a, Xasavyurt, Bo‘ynoq, Dog‘iston chiroqlari, Kaspiy, Darband, Qorabudaxkent, Gumbetov, Babayurt, Novolak va Kaytag tumanlarida favqulodda vaziyat rejimi e’lon qilingan.

Shuningdek, Maxachqal’ada deyarli 3,8 ming uy suv oqimi sabab zarar ko‘rgan. Tumanning Valikent qishlog‘ida yashovchi 5 yoshli qizni oqim olib ketgan va uning jasadi Mahmudqal’a qishlog‘i yaqinida topilgan.

Suv sathi ko‘tarilishi Darband tumanida asosiy magistralning bir qismini yuvib ketgan. Keltirilishicha, bu yerda suv oqimi sabab 2 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi qutqarilgan. Qolaversa, Kaytag tumani Kirki qishlog‘ida buzilgan uyda yana bir odamning jasadi topilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Gejux suv ombori buzilishi tufayli oldindan ehtiyot chorasi sifatida Darband tumanidagi 4 mingdan ortiq aholini evakuatsiya qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston bo‘ylab kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 99 kishiga yetgani, yana 154 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dog'iston qurbonlar Gejux suv ombori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing