Dog‘istonni suv bosdi: poytaxtda favqulodda vaziyat e’lon qilindi (video)
Olam
−
28 mart 4424 1 daqiqa
Rossiyaning Maxachqal’a shahrida kuchli yog‘ingarchilik tufayli favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi. Odamlar evakuatsiya qilinmoqda, favqulodda xizmatlar esa kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Maxachqal’ada favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi. Favqulodda xizmatlar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi, oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, jabrlangan aholiga yordam tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.
Kuchli yomg‘ir Cherkes-Ozen va Tarnairka daryolari qirg‘oqlarining yuvilishiga, shuningdek, Maxachqal’adagi gidrologik vaziyatning murakkablashishiga olib kelgan.
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, noqulay ob-havo tufayli 130 ta qishloq chiroqsiz qolgan. Energetiklar elektr ta’minotini bugun, 28 mart oqshomigacha tiklashni rejalashtirmoqda.
Sinoptiklar mintaqada kuchli shamol bilan birga kuzatiladigan yomg‘irlar yana bir sutka davom etishini prognoz qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keniyadagi suv toshqinlari 88 kishining hayotiga zomin bo‘lgani va minglab odamlar uylarini tashlab ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi