Dollar kursi 12 ming so‘mdan tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 52,91 so‘mga pasaydi va 11 949,03 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 52,05 so‘mga tushdi va 13 921,81 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,39 so‘mga pasaydi va 166,28 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 2,62 so‘mga tushdi va 1766,25 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa, 200 so‘mga oshdi va 1 mln 854 ming so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 1 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 60 mln 26 ming 851 so‘mga tushdi va 868 mln 178 ming 493 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing