Dollar kursi yana pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,39 so‘mga pasaydi va 11 934,64 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 25,12 so‘mga tushdi va 13 892,69 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 2,14 so‘mga pasaydi va 164,14 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 1,66 so‘mga tushdi va 1764,59 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa, 31 ming 200 so‘mga oshdi va 1 mln 885 ming 200 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 2 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 38 mln 312 ming 1 so‘mga tushdi va 829 mln 866 ming 492 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing