Dollar kursi ketma-ket tushishdan so‘ng ko‘tarildi
Jamiyat
−
27 fevral 9609 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 35,61 so‘mga oshdi va 12 172,18 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 38,36 so‘mga oshdi va 14 357,09 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,25 so‘mga tushdi va 157,45 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani esa 0,82 so‘mga ko‘tarildi va 1774,84 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 15 ming 400 so‘mga tushdi va 2 mln 79 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 27 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 17 mln 198 ming 764 so‘mga tushgan va 811 mln 762 ming 852 so‘m etib belgilangan.