Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
23 dekabr 3570 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 41,9 so‘mga oshdi va 12 052,33 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 125,08 so‘mga balandladi, 14 213,31 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,46 so‘mga oshdi va 153,71 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 8,13 so‘mga ko‘tarildi va 1714,88 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 30 ming so‘mga oshdi va 1 mln 773 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 23 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 22 mln 648 ming 946 so‘mga tushgan va 1 mlrd 55 mln 116 ming 444 so‘m etib belgilangan.