Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
06 yanvar 18431 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,35 so‘mga oshdi va 11 968,59 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 56,21 so‘mga balandladi va 14 020,01 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,07 so‘mga tushdi va 147,74 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 2,83 so‘mga ko‘tarildi va 1713,67 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 39 ming 800 so‘mga oshdi va 1 mln 771 ming 500 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 6 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 8 mln 94 ming 224 so‘mga oshgan va 1 mlrd 119 mln 546 ming 560 so‘m etib belgilangan.