Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
04 may 3091 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,08 so‘mga ko‘tarildi va 11 993,53 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 32,27 so‘mga oshdi va 14 054,02 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,96 so‘mga pasaydi va 158,52 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 5,43 so‘mga oshdi va 1755,93 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa, 1 ming 400 so‘mga tushdi va 1 mln 833 ming so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 4 may Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 23 mln 79 ming 708 so‘mga ko‘tarildi va 946 mln 919 ming 308 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi