Ketma-ket tushishdan so‘ng dollar kursi oshdi
Jamiyat
−
01 may 2709 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,13 so‘mga ko‘tarildi va 11 952,73 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 60,73 so‘mga oshdi va 14 021,75 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,1 so‘mga ko‘tarildi va 159,48 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 2,37 so‘mga oshdi va 1750,50 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa, 15 ming 800 so‘mga oshdi va 1 mln 834 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 1 may Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 16 mln 391 ming 112 so‘mga ko‘tarildi va 923 mln 839 ming 600 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi