Dollarning rasmiy kursi yana tushdi
Jamiyat
−
19 noyabr 8217 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 29,77 so‘mga pasaydi va 11 910,93 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 54,75 so‘mga tushib, 13 784,52 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,09 so‘mga oshdi va 147,49 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 4,02 so‘mga pasaydi va 1675,14 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 8600 so‘mga tushgan va 1 mln 615 ming so‘mni tashkil qilgan.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 7 mln 695 ming 863 so‘mga pasaygan va 1 mlrd 81 mln 690 ming 20 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi