Dollarning rasmiy kursi yana tushdi
Jamiyat
−
16 yanvar 18581 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,88 so‘mga tushdi va 11 962,78 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 40,31 so‘mga pasaydi va 13 887,59 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,38 so‘mga oshdi va 153,94 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 1,5 so‘mga pasaydi va 1716,50 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 5 ming 400 so‘mga tushdi va 1 mln 832 ming 500 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 16 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 18 mln 520 ming 450 so‘mga tushgan va 1 mlrd 139 mln 679 ming 550 so‘m etib belgilangan.