O‘zbekistonda oltin narxi rekord darajada qimmatladi

Jamiyat

image

Bugun, 21 yanvar kuni O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Oltinning bir grammi 1 mln 894 ming 820 so‘mni tashkil qilmoqda. Og‘irligi 5 gramm bo‘lgan quyma esa 9 mln 474 ming so‘mga baholanmoqda.

Quymalarning sotuv narxlari quyidagicha:

  • 5 gramm – 9 mln 474 ming so‘m;
  • 10 gramm – 18 mln 948 ming so‘m;
  • 20 gramm – 36 mln 896 ming so‘m;
  • 50 gramm – 90 mln 741 ming so‘m;
  • 100 gramm – 180 mln 482 ming so‘m.

Qayd etish joiz, jahon bozorida ham oltin narxi oshishda davom etmoqda. 21 yanvar kuni oltinning jahon kotirovkalari bir troya unsiyasi uchun qariyb 4860 AQSH dollaridan oshgan.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, oltin narxining keskin oshishiga AQSHning Grenlandiya bo‘yicha talablariga doir noaniqliklar va global siyosiy vaziyat sabab bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 grammli quyma oltin narxi ilk bor 9 mln 10 ming so‘mni tashkil qilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin Markaziy bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing