Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
09 yanvar 11112 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,53 so‘mga oshdi va 12 131,55 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 14,94 so‘mga pasaydi va 14 124,76 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 3,23 so‘mga oshdi va 153,54 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 3,5 so‘mga ko‘tarildi va 1737,27 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 7 ming 100 so‘mga oshdi va 1 mln 766 ming 100 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 8 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 2 mln 642 ming 664 so‘mga oshgan va 1 mlrd 96 mln 630 ming 269 so‘m etib belgilangan.