“Don yana uyquda”. Tramp Oq uydagi tadbir vaqtida uxlab qoldi (video)
Olam
−
12 may 6645 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uydagi tadbir vaqtida yana uxlab qoldi. Bu haqda “9News” xabar berdi.
Tramp “Moms.gov” sayti taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan. Loyiha Tramp ma’muriyatining amerikalik ayollarni ko‘proq farzandli bo‘lishga undash kampaniyasining bir qismi hisoblanadi.
Tadbirda shuningdek Medicare va Medicaid xizmati rahbari Mehmet Oz, respublikachi senator Katiye Britt, xayriyachi Oliviya Uolton va sog‘liqni saqlash rasmiylari qatnashgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir ertalab soat 11:00 da boshlangan va Tramp nutq so‘zlaganidan bir necha soniya o‘tib ko‘zlarini yumgan holda bir necha bor mudrab qolgan.
OAV bu kabi holatlar so‘nggi vaqtlarda tez-tez takrorlanayotganini yozmoqda. Nashr ta’kidlashicha, bu tungi favqulodda yig‘ilish emas, balki prezidentning kun davomidagi birinchi rasmiy tadbiri bo‘lgan.
“Hatto u to‘liq uxlamagan bo‘lsa ham, voqealarga to‘liq jalb qilinmagani ko‘rinib turibdi. Qobiliyatli prezidentlar ertalab soat 11:30 da uxlab qolmaydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham AQSH Prezidenti Donald Trampning yig‘ilish paytida ko‘zlarini yumgan holatda tushgan suratlari tarqalgandi. Tramp o‘sha kuni mashhur ozish dori vositalari narxining pasaytirilgani haqidagi e’lon tadbirida ishtirok etgan.
Live
Barchasi